Loyiha rahbari va ijrochisi:
O'rinov Sherali Raufovich
U 1977 yilda Buhoro viloyati Shofirkon tumanida dunyoga keldi. 1983-1991 yillarda 3-sonli o'rta maktabda o`qidi. 1994 yil Shofirkon tumanidagi 128-son "Yosh fiziklar va matematiklar" maxsus maktab internatining a'lo baholar bilan tugatdi. Maxsus maktabda o'qish davomida Fizika fani bo'yicha tuman, viloyat, respublika va jahon olimpiadalarida qatnashdi. 1994 yil Fizika fani bo'yicha Respublikada birinchi o'rinni egallab Avstriyaning Vena shahrida jahon olimpiadasida ishtirok etdi. Olimpiadada 9 o`rinni egallab maqtov yorliq bilan taqdirlandi.
1994 yil yozda Tohskent Davlat Texnika Universiteti "Elektronika avtomatika va hisoblash texnikasi" fakultetining "Informatika va hisoblash texnikasi" yo'nalishi bo'yicha o'qishga test imtihonlarsiz qabul qilindi. Universitetda tashkil qilingan "Iqtidorli talabalar" guruhiga imtihon topshirib o'tdi va birinchi va ikkinchi kursda universitet fanlarini Ingliz tilida tahsil oldi. 1999 yil "Hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan sistemalarning dasturiy ta'minoti" (HTASPT<-> POVTAS) kafedrasini tugatdi va "Injener programmist" mutaxassisligiga ega bo'ldi. Uning bilim sirlarini puxta egallashga juda katta yordam bergan ustozlari prof. Hamdamov Rustam Hamdamovich, dots. Ergashev A., dots. Adilov A., dots. Komilov M., dots. G'oibnazarov Tohir lar hisoblanadi.
1999 yil o'qishni imtiyozli diplom bilan tugatdi va Navoiy davlat konchilik institutiga ishga yo'llanma oldi va Informatika kafedrasi assistenti bo'lib ishga qabul qilindi.
U Evropa TEMPUS TACIS dasturining TT-JEP 10849 "O'zbekistonda masofadan o'qitish" loyihasi qatnashchisi. U shu loyiha ishi bo'yicha 2002 yil 1 noyabrdan 2003 yil 29 Yanvargacha va 2003 yil 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha Germaniya va Nederlandiya(Gollandiya) davlatlarining mashhur universitetlarida xizmat safarida bo'ldi. U Nederlandiyaning Twente Universiteti (UT) va Germaniyaning Hamburg-Xarburg Texnika Universiteti (TUHH) oliy o'quv yurtlarida Telematika sohasi bo'yicha ishladi va malaka oshirdi.
Agar
Web-saytimizga e'tirozingiz bo'lsa elektron pochtaga xat yozishingizni so'raymiz.