Navoiy davlat konchilik instituti respublika kon-metallurgiya sanoatining ustivor sohalari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu sohani rivojlantirish, ilmiy tahlil qilish, jahon fani va texnologiyasining eng oxirgi yutuqlari negizida yangi ilg'or texnologiyalarni yaratish va mazkur texnologiyalarni amaliyotga joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Kon-metallurgiya sanoatiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 12 apreldagi Farmoniga asosan NDKI "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni tarkibiga o'tkazildi.
Institutda 4 nafar fan doktori va 49 nafardan ortiq fan nomzodlari 2500 ga yaqin talaba fan, ta'lim va ishlab chiqarishni uzviy bog'lagan holda ta'lim bermoqdalar.
Institutda "Konchilik" va "Metallurgiya" ixtisosliklari bo'yicha aspirantura ochilgan bo'lib, nomzodlik dissertatsiyalari himoyasini o'tkazuvchi ixtisoslashgan kengash faoliyat ko'rsatmoqda.
NDKI da 5 ta fakultet bo'lib, ulardan Konchilik fakulteti, Kimyo-metallurgiya fakulteti, Energo-mexanika fakultetlari, Navoiy shahrida joylashgan. Qizilqum mintaqasini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida Zarafshon umumtexnika fakulteti va Toshkent viloyatini Konchilik va Metallurgiya sohasida mutaxassislar bilan ta'minlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya fakultetlari, Zarafshon va Olmaliq shaharlarida faoliyat ko'rsatmoqda.
O'quv hamda ilmiy sohalarda keng kooperatsiyani amalga oshirish maqsadida Germaniya, Gollandiya Universitetlari, Moskva Davlat konchilik Universiteti, Moskva po'lat va qotishmalar instituti, Moskva geologiya-qidiruv universiteti, Unraina Milliy Konchilik Universiteti, Tomsk Politexnika Universitetlari va bir qator boshqa oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik yo'lga quyilgan.
Institutning professor-o'qituvchilari chet davlatlarning ilg'or ta'lim markalzarida o'z malakalarini oshirish imkoniyatiga egadir. Institut xodimlarini "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserniga qarashli zamonaviy profilaktoriyda dam olish va davolanish maskanlaridan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
Professor-o'qituvchilarga ish faoliyati ko'rsatkichi bo'yicha reytingi va mehnat stajiga qarab qo'shimcha maosh tayinlanadi.