Institut strukturasi Fakultetlar Konchilik fakulteti


KONCHILIK FAKULTETI

Fakultet dekani,

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Misliboyev Ilhom Tuychibayevich

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini,

Yermekbayev Umid

Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan muovini, murabbiylar kengashining raisi

G'aniyev Akmal

Uslubiyotchi,

KONCHILIK FAKULTETI TARIXI 

Prezidentimiz I.A. Karimovning farmoni bilan 1995 yil iyulda Navoiy davlat konchilik instituti tashkil topdi. Navoiy davlat konchilik instituti tarkibidagi institut rektori professor B. R. Raimjonov tashabbusi bilan 1995 yil sentyabrda konchilik va metalurgiya kafedrasi tashkil kilindi. Kafedraning birinchi mudiri etib institutning o`quv ishlari bo`yicha prorektori dotsent M.B. Nasridinov tayinlandi. Kafedra faoliyatini tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi yulanmasi bilan Toshkent davlat texnika universteti yetakchi olim va professor o`qituvchilardan dots. S.A. Abduraxmonov, dots, O`.F. Nosirov, katta o`qituvchi A.M. Mahmudovlar, Buxoro texnologiya institutidan dots A. S. Turayev va ishlab chiqarishdan dots Yu.J.Norovlar taklif etildilar. 1997 yil sentyabrga kelib, shu fakultet asosida 2 ta fakultetga ajralib chiqdi. Bulardan konchilik fakulteti va kimyo metalurgiya fakultetlariga ajralib chiqdi. Konchilik fakultetida 2000-2004 yillarda t.f.d., prof. Yunus Jumayevich Norov, 2005-2006 yillarda t.f.n., dots. Inamov U.R., 2006-2010 yillarda Maxmudov A.M., fakultet dekani bo`lib ishladi. Hozirda fakultetda p.f.n., dotsent Mislibayev Ilhom Tuychibayevich dekan bo'lib ishlayapti. Fakultetda 5 ta kafedra faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

 

Kafedralar

1. Konchilik ishlari kafedrasi

2. Kon elektromexanikasi kafedrasi

3. Mehnatni muhofaza qilish kafedrasi

4.Pedagogika va o'zbek tillar kafedrasi

5. Jismoniy tarbiya kafedrasi

FOTOGALLERIYA

 

 

 

Хостинг от uCoz